“Yangibozor dehqon bozori” MChJ xodimlari hamda tashrif buyuruvchilar ishtirokida OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

“Yangibozor dehqon bozori” MChJ xodimlari hamda tashrif buyuruvchilar ishtirokida OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi hodimlari tomonidan Yangibozor tumanida joylashgan “Yangibozor dehqon bozori” MChJ xodimlari hamda tashrif buyuruvchilar ishtirokida OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
📢 Tadbir davomida ishtirokchilarga OIV infeksiyasining yuqish va yuqmaslik holatlari, kasallikdan himoyalanish usullari, erta tashxis qo‘yishning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarziga rioya etish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
🩺 Shuningdek, markazning mobil laboratoriyasi tomonidan aksiya tadbirlari tashkil etilib, fuqarolarga bepul va ixtiyoriy tarzda OIV infeksiyasi, virusli gepatit B, virusli gepatit C va zaxm kasalliklariga  tekshiruvdan o‘tish imkoniyati yaratildi. Aksiya davomida aholining tibbiy madaniyatini oshirish, OIV infeksiyasining oldini olish hamda o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
18-06-2026, 15:13
Sahifaga qaytish