“Yangibozor dehqon bozori” MChJ xodimlari hamda tashrif buyuruvchilar ishtirokida OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
📢 Tadbir davomida ishtirokchilarga OIV infeksiyasining yuqish va yuqmaslik holatlari, kasallikdan himoyalanish usullari, erta tashxis qo‘yishning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarziga rioya etish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
🩺 Shuningdek, markazning mobil laboratoriyasi tomonidan aksiya tadbirlari tashkil etilib, fuqarolarga bepul va ixtiyoriy tarzda OIV infeksiyasi, virusli gepatit B, virusli gepatit C va zaxm kasalliklariga tekshiruvdan o‘tish imkoniyati yaratildi. Aksiya davomida aholining tibbiy madaniyatini oshirish, OIV infeksiyasining oldini olish hamda o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



