🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida markaz mutaxassislari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, talabalar bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdilar.

🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida markaz mutaxassislari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, talabalar bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdilar.

🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida markaz mutaxassislari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, talabalar bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdilar. 🤝
Tadbir davomida talabalar ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan jismoniy mashqlar hamda sport musobaqalari tashkil etildi. Xususan, shaxmat ♟️ va voleybol 🏐 bo‘yicha qiziqarli bellashuvlar o‘tkazilib, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi va faolligi yanada oshirildi. 💪
Tadbir yakunida markaz mutaxassislari tomonidan OITS (OIV infeksiyasi)ning tarqalish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati hamda yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 🩺
✨ Bunday ma’rifiy va sport tadbirlari yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularning tibbiy bilimlarini oshirish hamda sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
10-06-2026, 09:36
Sahifaga qaytish