🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida markaz mutaxassislari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, talabalar bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdilar.
Tadbir davomida talabalar ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan jismoniy mashqlar hamda sport musobaqalari tashkil etildi. Xususan, shaxmat ♟️ va voleybol 🏐 bo‘yicha qiziqarli bellashuvlar o‘tkazilib, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi va faolligi yanada oshirildi. 💪
Tadbir yakunida markaz mutaxassislari tomonidan OITS (OIV infeksiyasi)ning tarqalish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati hamda yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 🩺
✨ Bunday ma’rifiy va sport tadbirlari yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularning tibbiy bilimlarini oshirish hamda sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.




