“O‘zbekiston temir yo‘llari” Urganch shox bekatida migrantlar o‘rtasida OIV infeksiyasi profilaktikasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Urganch shox bekatida migrantlar o‘rtasida OIV infeksiyasi profilaktikasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

📢 OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri
2026-yil 13-avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” Urganch shox bekatida migrantlar o‘rtasida OIV infeksiyasi profilaktikasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🩺 Tadbirda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tibbiyot xodimlari tomonidan OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, oldini olish choralari va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
📌 Shuningdek, ishtirokchilarga OIV infeksiyasidan himoyalanish, o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish hamda zarur hollarda tibbiy ko‘rikdan o‘tish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
14-08-2026, 09:14
Sahifaga qaytish