Tadbirlar doirasida 14-son DMTT, 15-son DMTT, Shixbog‘i MFY hamda Karmish MFY hududlarida aholi o‘rtasida OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, erta tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi axborot-targ‘ibot materiallari tarqatilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
✅ OIV infeksiyasining oldini olish — har birimizning mas'uliyatimiz!



