Yangiariq tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Xorazm oilaviy shifokor punkti (OSHP) hududidagi mahalla aholisi o‘rtasida aksiya tadbiri o‘tkazildi.

Yangiariq tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Xorazm oilaviy shifokor punkti (OSHP) hududidagi mahalla aholisi o‘rtasida aksiya tadbiri o‘tkazildi.

🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi

Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mobil laboratoriyasi tomonidan Yangiariq tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Xorazm oilaviy shifokor punkti (OSHP) hududidagi mahalla aholisi o‘rtasida aksiya tadbiri o‘tkazildi.

Aksiya davomida aholiga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, erta tashxis qo‘yishning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, fuqarolarga ixtiyoriy va maxfiy tarzda OIV infeksiyasi
virusli gepatit B , virusli gepatit C va zaxm kasalliklariga ekspress test tekshiruvlari o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.
21-07-2026, 10:49
Sahifaga qaytish