Migratsiya agentligi Xorazm viloyat filialida chet davlatlarga ketayotgan mehnat migrantlari ishtirokida OIV infeksiyasi profilaktikasi mavzusida targʻibot-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi.

Migratsiya agentligi Xorazm viloyat filialida chet davlatlarga ketayotgan mehnat migrantlari ishtirokida OIV infeksiyasi profilaktikasi mavzusida targʻibot-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi.

🏥 2026-yil 15-iyul kuni Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tibbiyot xodimlari tomonidan Migratsiya agentligi Xorazm viloyat filialida chet davlatlarga ketayotgan mehnat migrantlari ishtirokida OIV infeksiyasi profilaktikasi mavzusida targʻibot-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi.
🩺 Tadbir davomida OIV infeksiyasining yuqish yoʻllari, kasallikning oldini olish choralari, oʻz vaqtida tekshiruvdan oʻtish hamda sogʻlom turmush tarzining ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
📄 Ishtirokchilarga mavzuga oid axborot plakatlari va targʻibot materiallari tarqatildi. Shuningdek, uchrashuv yakunida qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
16-07-2026, 12:12
Sahifaga qaytish