Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tibbiyot xodimlari tomonidan Urganch temir yo‘l shox bekatida mehnat migrantlari o‘rtasida aksiya va targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tibbiyot xodimlari tomonidan Urganch temir yo‘l shox bekatida mehnat migrantlari o‘rtasida aksiya va targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🏥  Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tibbiyot xodimlari tomonidan Urganch temir yo‘l shox bekatida mehnat migrantlari o‘rtasida aksiya va targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, xavfsiz turmush tarziga rioya etish hamda o‘z vaqtida ixtiyoriy va maxfiy OIV tekshiruvidan o‘tishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mehnat migrantlariga OIV infeksiyasidan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berilib, axborot-targ‘ibot bukletlari tarqatildi. Tadbir ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
7-07-2026, 09:35
Sahifaga qaytish