2026-yil 3-iyul kuni Xorazm viloyati OITSga qarshi kurashish markazida Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha o‘quv-amaliy ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartibi, binodan xavfsiz evakuatsiya qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar namoyish etildi.
Mazkur mashg‘ulot xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.




