Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi tomonidan Viloyat Mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi barcha shahar va tuman MFY raislari ishtirokida salomatlik volontyorlarini tayyorlash mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarini samarali olib borish hamda salomatlik volontyorlarining vazifalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
