Aksiya doirasida fuqarolarga bepul va ixtiyoriy ravishda OIV infeksiyasi, virusli gepatit B, virusli gepatit C hamda zaxm (sifilis) kasalliklariga tekshiruvdan o‘tish imkoniyati yaratildi. Mobil laboratoriya mutaxassislari tomonidan aholiga ushbu kasalliklarning yuqish yo‘llari, oldini olish choralari, erta tashxis qo‘yishning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida aholining tibbiy madaniyatini oshirish, OIV infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish, shuningdek, fuqarolarning o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondash ishlarini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.

