Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Jamoat xavfsizligini ta’minlashda giyohvandlikka qarshi integrativ yondashuvlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Jamoat xavfsizligini ta’minlashda giyohvandlikka qarshi integrativ yondashuvlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Jamoat xavfsizligini ta’minlashda giyohvandlikka qarshi integrativ yondashuvlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Anjumanda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, psixolog olimlar, tibbiyot sohasi mutaxassislari, ichki ishlar organlari xodimlari hamda Xorazm viloyati OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbir davomida giyohvandlikning yoshlar hayoti va jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri, uning oldini olishda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati, OIV infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish hamda yoshlar ongida zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
17-06-2026, 15:12
Sahifaga qaytish