1-DEKABR — OITSGA QARSHI KURASHISH KUNI

1-DEKABR — OITSGA QARSHI KURASHISH KUNI

Urganch Davlat Tibbiyot institutida “1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Sog‘lom hayot sari birgalikda” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda sahna ko‘rinishlari, ijodiy chiqishlar hamda ko‘zga ko‘ringan san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari namoyish etildi. Ishtirokchilar OIV/OITS bo‘yicha qisqa ma’lumotlar, profilaktika tavsiyalari va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchi chiqishlar bilan tanishdi. Tadbirning maqsadi: aholida xabardorlikni oshirish, sog‘lom hayotga da’vat qilish va jamiyatda ijobiy kayfiyat yaratish.


26-11-2025, 14:57
Sahifaga qaytish