“Jasorat maktabi” o‘quvchilari ishtirokida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
➡️Tadbir davomida yoshlarga OITS (Odam immunitet tanqisligi sindromi) kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari hamda kasallikning oldini olish choralari haqida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish va o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashishning ahamiyati ta’kidlandi.
🍔Davra suhbati davomida o‘quvchilarni tibbiy madaniyatini oshirish, turli kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.





