Urganch buyum savdo kompleksi hududida yoshlar o‘rtasida OIV infeksiyasining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.

Xorazm viloyati OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan Urganch buyum savdo kompleksi hududida yoshlar o‘rtasida OIV infeksiyasining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, undan himoyalanish choralari va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga OIV infeksiyasining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va axborot materiallari tarqatildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar orasida OIV infeksiyasi bo‘yicha to‘g‘ri va ishonchli ma’lumotlarni keng targ‘ib qilish, kasallikning oldini olish bo‘yicha xabardorlikni oshirishdan iborat bo‘ldi.
14-08-2026, 09:13
Ko'rishlar: 14
Sahifani chop etish