Urganch shahrining Al-Xorazmiy va Shodlik mahallalarida joylashgan go‘zallik salonlari hamda sartaroshxonalarda OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari va uning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, manikyur, pedikyur, tatuirovka va sartaroshlik xizmatlarida foydalaniladigan asbob-uskunalarni dezinfeksiya qilish, zararsizlantirish va sterilizatsiya qilish qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Mutaxassislar tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish, bir martalik vositalardan to‘g‘ri foydalanish hamda mijozlar va xodimlar xavfsizligini ta’minlash OIV infeksiyasining oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekani tushuntirildi.



