"Qibla Qurilish Materiallari" savdo majmuasi hududida profilaktik aksiya tadbiri tashkil etildi.

🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mobil laboratoriyasi tomonidan aksiya tadbiri o'tkazildi
Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazining mobil laboratoriyasi tomonidan "Qibla Qurilish Materiallari" savdo majmuasi hududida profilaktik aksiya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolar o‘rtasida OIV infeksiyasi, virusli gepatit B, virusli gepatit C hamda zaxm (sifilis) kasalliklarini erta aniqlash maqsadida ekspress testlar o‘tkazildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga mazkur kasalliklarning yuqish yo‘llari, oldini olish choralari, o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tishning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarzini olib borish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.
✅ Erta tashxis — salomatlik garovi!
28-07-2026, 09:14
Ko'rishlar: 28
Sahifani chop etish