Urganch tumani hududida joylashgan go‘zallik salonlari va sartaroshxonalarda OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari hamda uning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida mutaxassislar salon va sartaroshxona xodimlariga OIV infeksiyasining qon orqali, himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali hamda onadan bolaga yuqish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, manikyur, pedikyur, tatuirovka va sartaroshlik xizmatlarida ishlatiladigan asbob-uskunalarni zararsizlantirish va sterilizatsiya qilish qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.



