Xorazm viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan markazda faoliyat olib borayotgan fidoyi hamshiralarga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.
Tadbir davomida ko‘p yillardan buyon o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan, bemorlar salomatligini asrash yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan hamshiralarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
👩⚕️Hamshiralar — tibbiyot tizimining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, ularning mehribonligi, mas’uliyati va sabr-toqati har bir bemorga kuch va ishonch bag‘ishlaydi. Markaz jamoasi barcha hamshiralarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
📱 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
📸 Instagram: https://instagram.com/xvoits�
🔷 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100078274767976�
📲 Telegram: https://t.me/xvoits�
🌐 Rasmiy sayt: https://xv-oits.uz/�
